Shohigulu nastarin yod berur bo'yidan,
Atrini mushki xo'tan kasb qilur mo'yidan. (x2)
Gul yuzingdan munfayz, sarv qadingdan xijil, {x2}
Rang olur muttasil lolayu gul ro'yidan. {x2}
Jonga qilur yuz sitam ko'nglima yuz oncha ham,
Ko'z oqizur seli g'am sho'xi balo jo'yidan. (x2)
Ko'z oqizur seli g'am sho'xi balo jo'yidan.
Ravzaga gar yetgamen onsiz oni netgamen,
Mumkin emas ketgamen ul qaro ko'z ko'yidan.
Garchi qilur yuz karam, vasli erur muhtaram, {x2}
Lek base qo'rqaram, Bobur oning xo'yidan. {x2}
Shohigulu nastarin yod berur bo'yidan,
Atrini mushki xo'tan kasb qilur mo'yidan.
Gul yuzingdan munfayz, sarv qadingdan xijil,
Rang olur muttasil lolayu gul ro'yidan. {x2}
Shohigulu nastarin yod berur bo'yidan…