Hayot yo'li qora bilan oq,
G'uncha o'rnin bosmaydi yantoq.
Chaqmasinlar boshingda yong'oq,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
Xudo suysin sendek bandani,
Yor qilma u sharmandani. (x2)
Shirin dema chirik olmani,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
(Hay-hay o'lan, jon o'lan,
Yolg'onchi qiz, yor-yora.
Yolg'onchi qiz, va’dasida
Turmagan-o, yolg'onchi qiz.)
Yoqa ushlab, tavbalar qil,
Benomusga or sovg'a qil.
So'ngra undan qoch va qutil,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
Ortingda do'st-dushmaning bor,
Bosh ko'tarib yurishing bor,
Bozor ko'rgan echki ayyor,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
Hayot yo'li qora bilan oq,
G'uncha o'rnin bosmaydi yantoq.
Chaqmasinlar boshingda yong'oq,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
Bir yon qora, bir yon oqlik,
Bir yon dog'dir, bir yon poklik,
Nikoh emas vaqtichog'lik,
Chimildiqda aldanma, do'stim. {x2}
(Hay-hay o'lan, jon o'lan,
Yolg'onchi qiz, yor-yora.
Yolg'onchi qiz, va’dasida
Turmagan-o, yolg'onchi qiz.)