Bedor tunlar qo'limda
 Fuzuliyning g'azali,
 O'g'irladi xayolim
 Ozarbayjon go'zali.
E, o'rin olib tushimdan,
 Ayrib meni hushimdan,
 Axtarib borishimdan
 O'zga chora yo'q. (x2)
Oh mazalim, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 O'g'irladi xayolim
 Ozarbayjon go'zali.
Mazza-mazza, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 Go'zali-yey go'zali,
 Ozarbayjon go'zali.
Do'ppi kiyib, Bakuga
 Otlar minib boraymi?
 Odatimizga ko'ra
 O'tin yorib beraymi?
Arshi molchi bobodan
 Duo olib qaytamiz,
 Sevgini kuyga solib,
 To'yimizda aytamiz. (x2)
Oh mazalim, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 O'g'irladi xayolim
 Ozarbayjon go'zali.
Mazza-mazza, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 Go'zali-yey go'zali,
 Ozarbayjon go'zali.
Dugona bo'lar sizga
 O'zbegimning go'zali,
 Atlas kiyib yurasiz
 Ozarbayjon go'zali.
Bo'yingizga yarashar
 O'zbek yigit bo'ylari,
 Shu baxona fayz olar
 Alisherning kuylari. (x2)
Oh mazalim, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 O'g'irladi xayolim
 Ozarbayjon go'zali.
 Mazza-mazza, mazali,
 So'zlari bol, mazali,
 Go'zali-yey go'zali,
 Ozarbayjon go'zali. (x2)