[Ziyoda]
Sendan judo bo'lsamda,
Kecholmadim, azizim.
[Radius 21]
Bugun ko'zlarimda nam,
Sevgim yolg'on emas hech.
Kechmagan bo'lsang mendan,
So'z ochma judolikdan.
[Ziyoda]
Bu ne siru-sinoat,
Kecholmadim, azizim.
[Radius 21]
Nimasini ham aytay,
Bu sevgi sir emas hech.
Taqdirga tan bermasdan,
Tolmasman kurashishdan.
[Ziyoda]
Taqdir ekan, tan berdim,
Tole’yimga bitmading.
[Radius 21]
Ishonaman kun kelar,
Yulduzlar porlab ketar.
Shunda taqdirning o'zi
Sevgimizga tan berar.
[Ziyoda]
Yillar yuvdi ko'nglimni,
Sen yuvilib ketmading.
[Radius 21]
Mayli sening ko'nglingni
Yil emas, asr yuvsin.
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin.
[Radius 21 va Ziyoda]
Qondir, bemor yuragim chala yarim jondir,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondir,
Negadir seni unutolmadim.
Bordir, hali-hali sendan umidim bordir,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordir,
Negadir seni unitolmadim. (x2)
[Radius 21]
Qalbim to'la mehr, chindan ham sevaman axir,
Olib ketadi xayolim mani sen tomon,
Sog'inaman yomon armonda, xazonda, gumonda.
Baxtli bo'laman deganimda endi,
Yarim bo'lagimni topganimda senda,
Hech qaylarga g'oyib bo'lasan hayotimdan.
Kimdan ko'raman sababini, kim biladi,
Nega taqdir bizning ustimizdan kuladi?
Uchrashtiradiyu ayiradi, ketidan
Azoblar keladi sevgining hididan.
Baxtsiz muhabbatim yosh boshimga balo,
Majnun dardiga nega bo'ldim mubtalo?
Layli, Laylimisan, Shirinmisan,
Bu dunyoda sensiz manga juda zerikarli.
[Radius 21 va Ziyoda]
Qondir, bemor yuragim chala yarim jondir,
Qalbim bog'lari sarg'aygan xazondir,
Negadir seni unutolmadim.
Bordir, hali-hali sendan umidim bordir,
Sensiz dunyo, go'zalim, juda tordir,
Negadir seni unitolmadim. (x2)
[Radius 21]
Sensiz yurak chaqnamas, urmas,
Tomirlarda qaynamas qonim.
Chunki sen-la vujudim, qalbim,
Qaynoq hayot, suyukli jonim.
Izlaganda birinchi bora
Hayot uchun o'zimga sirdosh,
Qayerdandir seni uchratdim
Va sen bo'lding qalbimga quyosh.
Shuning uchun sevaman seni,
Shuning uchun mehrimni qo'ydim.
Shuning uchun hayot yo'lida
Faqat seni-seni tanladim…