Yillar o'taverar ekan go'yoki kun,
Foniy narsa yo'qolib, topilar mazmun.
Bu uzundan-uzun tunda
O'zim bilan o'zim yolg'iz bugun. (yeah)
Asl ma’no yo'lida yo'ldan uradi hatto,
Boqiy emish muhabbat – bir kunlik bo'ldi xato.
Do'st deb ishonganing bo'lib chiqar ekan chatoq,
Dilimning tubida ado bo'lib yig'lar sado.
Yuragim ezilganda kimga aytaman, ayt?
Faqat onam indamay tinglaydi dardlarimni.
Yo'llarimdan adashib qolganimda meni shu payt,
Faqat otam ochadi yumilgan ko'zlarimni.
Sevgilimga sevaman deb aytaman bemalol, ammo
Negadir unutaman aytish sizlarga shuni:
Sizlarni sevaman, sizlarni sevaman, sizlarni sevaman
Xudo bergan har kuni!
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam. Yagonam!
Bunchalar jim bo'lmasa, bunchalar sokin,
Yaqining bo'lmaganda vaqt o'tar sekin.
Dunyodagi eng qimmat narsalar
Aslida bo'lar ekan tekin.
Esimda hali do'stlarim aytganlari menga:
Yoningdagi sohibjamol pul uchun atigi.
Yana esimda sohibjamol aytgan so'zlari:
O'sha do'stlaringiz bir kun kelib pulga sotadi!
Arosat orasida men chekkanimda ozor
Bag'riga bosib meni, onam aytgandi bir bor:
Jon bolam, bir umrga sen shu narsalarni eslab qol –
Bu dunyoda chin do'stlik, haqiqiy muhabbat bor.
Qo'ng'iroq qilganimda, kerak bo'lganda yordam
Hech kim javob bermasa ham, javob berar otam.
Yoningizda bo'laman, bir umr qolaman,
Siz uchun o'laman, kerak bo'lsa bir kuni.
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam. Yagonam!
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko'nglimdagi navo, ko'krakdagi havo –
Otam, onam…