Yalangoyoq yurgan o'sha ko'chalar,
Oyim yopgan shirin kulchalar,
Erta tongdan yangrardi “Vodiy sadosi”,
Beg'ubor edi hayotim.
Nega endi bag'ringdan uzoqlarda yashaymiz,
Sayyohmiz biz sarsonmiz.
Olislarda ovungan, vatanini sog'ingan,
Firog'ida og'ringan.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg'ona, afsonaviy yillarim.
Endi uzoqlarda yashayman, sog'inaman, qo'msayman,
Bir kun bag'ringga qaytaman, qaytaman, qaytaman, hey.
Afsonaviy yillarim… {x2}
“Piligrim”, Ruslan Sharipov, Samandar,
Bu mening baxtiyor bolaligim.
Navqiron chinorlar, baland tog'lar,
Keng ko'chalar va bog'lar.
Qayerlarda bo'lmayin, kimligim unutmayman,
Faxr-la tilga olaman.
Kechir meni, Vatanim, so'z beraman, bir kun
Umrbod bag'ringga qaytaman.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg'ona, afsonaviy yillarim.
Afsus uzoqlarda yashayman, sog'inaman, qo'msayman,
Bir kun bag'ringga qaytaman, qaytaman, qaytaman, yey.
Qancha dunyo kezib, sendan muqaddas
Joyni topmadim, afsonaviy yillarim.
Qaniydi bir zumga bolaligimga,
Farg'onamga qaytsam, afsonaviy yillarim.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg'ona, afsonaviy yillarim.
Hou-vo, sog'inaman, qo'msayman,
Uzoqlarda yashayman, ye-yey.
“Bolalar”, “Dado”, “Setora”,
Ona yurtim Farg'ona, afsonaviy yillarim.
Endi uzoqlarda yashayman, sog'inaman, qo'msayman,
Bir kun bag'ringga qaytaman.