Onam meni “oppog'im” deydi,
Koshki edi tunda ko'rinsam.
Onam meni “mehribon” deydi,
Bir yilda bir shirin gapirsam.
Onam meni “bahorim” deydi,
To'rt fasldir yo'qlamasam ham.
Onam meni “polvonim” deydi,
Dardi-yukin ko'tarmasam ham.
Toshbag'ir ekanman, beshafqat o'g'il,
Onajon, o'g'lingda yo'q ekan ko'ngil.
Barini angladim, angladim bir-bir,
Men Shohzamon, beshafqat o'g'ilman, o'g'il.
Hoyu-havas ortidan chopib,
Ko'cha-ko'ydan mehribon topib.
Yuraverdim taralli-yallo,
Yon atrofga baxtiyor boqib.
Uyda eshik g'ichirlasa bas,
Onam “o'g'lim keldimu” derkan.
Men bormasam, tonggacha kutib,
“O'g'limning ishlari ko'p” derkan.
Onam meni “oppog'im” deydi,
Koshki edi tunda ko'rinsam.
Onam meni “mehribon” deydi,
Bir yilda bir shirin gapirsam.
Onam meni “bahorim” deydi,
To'rt fasldir yo'qlamasam ham.
Onam meni “polvonim” deydi,
Dardi-yukin ko'tarmasam ham.
Toshbag'ir ekanman, beshafqat o'g'il,
Onajon, o'g'lingda yo'q ekan ko'ngil.
Barini angladim, angladim bir-bir,
Men Shohzamon, beshafqat o'g'ilman, o'g'il.
Tushundingmi, hayot, ichimdan nimalar o'tadi?
Tushundingmi, hayot, onam mendan nelar kutadi?
So'raganim beraqolgin, ko'p sinama bardoshim,
Tishlarimni tishimga qo'ysam sinib ketadi.
Onam meni “oppog'im” deydi,
Koshki edi tunda ko'rinsam.
Onam meni “mehribon” deydi,
Bir yilda bir shirin gapirsam.
Onam meni “bahorim” deydi,
To'rt fasldir yo'qlamasam ham.
Onam meni “polvonim” deydi,
Dardi-yukin ko'tarmasam ham. (x2)