Gohi-gohi to'xtab-to'xtab urarsan,
Nega buncha o'rtab-o'rtab urarsan?
Qiynalgan ko'ksimni qiynab turarsan,
Netay, netay, netay, yuragim?
O'nqir-cho'nqir bo'lsa umr yo'llari,
Chigal-chalkash bo'lsa o'ngu-so'llari,
Baxtimiz bog'lasa g'anim qo'llari,
Netay, netay, netay, yuragim?
Baxt ila baxtsizlik bir qadam bo'lsa,
Quvonchning hamrohi qayg'u-g'am bo'lsa,
Bevafo dunyoning bari kam bo'lsa,
Netay, netay, netay, yuragim?
Taqdirda bo'lmasa yaratib bo'lmas,
Netay, netay, netay, yuragim?
Netay, netay, netay, yuragim?
Netay, netay, netay, yuragim?