Uzoqlardan uzoqlarda bo'lsa ham,
Bormi ayting man izlagan muhabbat?
Shamollarga jilva taqib bo'lsa ham,
Uchgan bo'lardim u tomon shu muxlat.
Malakda ham, falakda ham yo'q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo'q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo'larmi, ayting ishq degan?
Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o'lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o'zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.
Gar men sevsam, olov bo'lib sevaman,
Ishq o'tiga qalov bo'lib sevaman. (x2)
Ayting o'tli ishq ko'zlagan qizlarga,
O'zga sig'mas bedov bo'lib sevaman.
Malakda ham, falakda ham yo'q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo'q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo'larmi, ayting ishq degan?
Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o'lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o'zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.
Vaqti keldi sevib, sevilmoqlikning,
Sevgilim yo sevgim deyilmoqlikning. (x2)
Ayting menga, ishqda nima kamim bor?
Yo biror yo'li bormi sevilmoqlikning?
Malakda ham, falakda ham yo'q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo'q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo'larmi, ayting ishq degan?
Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o'lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o'zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.