Aybim nimaligin bilolmayin hayronaman,
Men sevdim-u, lekin sevilmayin vayronaman.
Mehr berdim-u, mehr ko'rmagan bir bechoraman,
Bag'rim ezar savollardan o'zim qiynalaman.
Dil intizor, tunim bedor,
Nega unda menga umid berding, yor?
Bir kun kelar, qadrim sezar,
Mendan yaxshisi yo'qligin u bilar.
Sevmasa sevmasin-ey, zorim bor-u, zo'rim yo'q,
Boqmasa boqmasin-ey, ko'z yoshlarga o'rin yo'q.
Endi bunday beparvo, zolim bo'lgan yorim yo'q. (x2)
Mayli ketgin, lekin bir kun kelib yig'lamagin,
Endi kechmi deya o'zingni hech qiynamagin.
Kech bo'lmasdan vaqt g'animat, yaxshilab o'ylagin,
Mendan kechib, bevafoga duch kelib qolmagin.