Oqcho garyan g'amsiz boshim
G'amxona bo'ldi-yo, naylayin?
Bir so'z bilan oshno yorim
Begona bo'ldi-yo, naylayin?
Bir so'z bilan oshno yorim
Begona bo'ldi-yo, naylayin?
Man keldim, oh, ne so'roqlab,
Yuragimni o'tga dog'lab,
Ul qochdi mandan yiroqlab,
Ravona bo'ldi-yo, naylayin?
Ul qochdi mandan yiroqlab,
Ravona bo'ldi-yo, naylayin?
Talqa dundi og'zin boli,
Esdi ayroni shamoli,
Bilmadim nadur xiyoli,
Pinhona bo'ldi-yo, naylayin?
Bilmadim nadur xiyoli,
Pinhona bo'ldi-yo, naylayin?
Yondi mani, bag'rim yondi,
Oh, davro raqiblara do'ndi,
Vaslingning chirog'i so'ndi,
Hijrona do'ndi-yo, naylayin?
Vaslingning chirog'i so'ndi,
Hijrona do'ndi-yo, naylayin?
Endi durmanandir soat,
Ko'nglimda qolmadi toqat,
Muhabbat solgan imorat,
Vayrona bo'ldi-yo, naylayin?
Muhabbat solgan imorat,
Vayrona bo'ldi-yo, naylayin?
Qutulmadi g'amdan boshim,
Oh, o'gu bo'ldi ichgan oshim,
Yor yo'linda ko'zda yoshim
Ravona bo'ldi-yo, naylayin?
Yor yo'linda ko'zda yoshim
Ravona bo'ldi-yo, naylayin?
Shohsanamdir, ko'nglim tiyra,
Sog'indim sevgi-dard ila,
Yorning ko'ngli o'zga yora
Gumona bo'ldi-yo, naylayin?
Yorning ko'ngli o'zga yora
Gumona bo'ldi-yo, naylayin? (x2)