Qalbimning orzulari o'zga dunyo,
Sen bo'lsang yonimda, armonim ro'yo.
Tanho ko'nglimdan qo'msab,
Sog'inaman har tunu kuni,
Sen ham o'ylarmisan meni?
Bayonlaringni o'qib, yig'lab oldim,
Sog'-omon ekansan, ovungan bo'ldim.
Lekin yolvoray, jonim,
Men uchun sen asra o'zingni,
Qayga bossang ham poyingni.
Tunlarim bedor,
Seni sog'indim,
Sabrim beqaror,
Kelgin jonim, yuragim bemador. (x2+x1)
Ketganingdan beri yuragim notinch,
Sezgan tuyg'ularim orzu ham sevinch,
Bahorim shoshilganday olib kelsin vaslingni,
Sening qoshu-ko'zlaringni.
Qalbimning orzulari o'zga dunyo…