Qo'lingdan ketsa davlat,
Do'stlar ham ketar ekan. (x2)
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan. (x2)
Boylikmi inson qadri?
Yo'qolgan vijdon qadri.
Tegsa yo'qchilik zarbi,
Boshing ham qotar ekan. (x2)
Tegsa yo'qchilik zarbi,
Boshing ham qotar ekan.
Qo'lingdan ketsa davlat,
Do'stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan.
Bir paytlar yo'ling qarar,
Sen uchun sochin tarar, (x2)
Yoring ham bu muqarrar
Mehrin berkitar ekan. (x2)
Qo'lingdan ketsa davlat,
Do'stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan.
Puling bo'lsa agar kam,
Noshud dilni ezar g'am,
Hatto jigarlaring ham
Tanimay o'tar ekan.
Ojiz qolsang holing tang,
Qalbing kemirsa attang,
Faqat bir ota-onang
Kelishing kutar ekan.
Faqat bir ota-onang
Kelishing kutar ekan.
Goho chin do'stman degan
Dushmandan battar ekan,
Do'stlar topma, chin do'st top,
Bitta do'st yetar ekan.
Do'stlar topma, chin do'st top,
Bitta do'st yetar ekan.
Noshukurlik qilmayin,
Shukur, uy-joyim tayin,
Boy emasman netayin,
Yuz-ko'zim sotar ekan.
Qo'lingdan ketsa davlat,
Do'stlar ham ketar ekan.
Qolsa gar quruq savlat,
Oqibat bitar ekan. (x2)
Oqibat bitar ekan…
Qo'lingdan ketsa davlat…