Sukunat qamrab olar atrofim,
Yorug'lik sochmay qolar oftobim.
Xayollar suraman-u, lek o'zimga
Ba’zida yoqmay qolar qarorim.
Nahotki meni aytishsa qo'rqoq,
Kimga ham aytishim bilmayman biroq.
Javobsiz qolar savollarim ham,
Doimgidek bo'lganicha so'roq.
Kelmadi sado, ayladi jafo,
Oxiri bo'ldim judo.
Sevaman yuragimda to'la o't bilan,
Sevaman ko'zlarimda to'la yosh bilan,
Sevaman, sevaman, ta-ra-ra-ram, ta-ra-ram.
Hijronda o'tar kecha-kunduzim,
Hech kimga yoqmay qoldi so'zim.
Telba bo'ldimmi nahot, hatto
So'zlamoqdaman o'zimga-o'zim.
Jim-jitlik, o'ziga olgan xonam,
Qidiraman hattoki ostonam.
Yig'layman, yig'layman, yig'layman,
Axiyri taskin berar onam.
Kelmadi sado, ayladi jafo,
Oxiri bo'ldim judo.
Sevaman yuragimda to'la o't bilan,
Sevaman ko'zlarimda to'la yosh bilan,
Sevaman, sevaman, ta-ra-ra-ram, ta-ra-ram. (x1+x1)