Oh, bu farishta Feride esiz,
Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz.
Istardi boylik, “modelniy” biznes,
O'tdi tunlar uyqusiz, kutardi sabrsiz.
Sanalardi har bir kun, to'planardi pul,
Yuzida go'zal tabassum, ko'zlarida nur.
Xayolida fotosessiya, paparatssi, jurnal,
Fashion, podium, atrofida shahzodalar.
Qachon tugaydi maktab, savol qaytadan berilib,
Ezmalandi har soat, yurak ketdiku ezilib.
U rostdan ham go'zal edi, qomati kelishgan,
Nozik bo'lgan barmoqlarin nafis uzuklar bezagan.
Ko'm-ko'k ko'zlar, oh go'zal bu manzara,
Maftun qilardi odamni, sezilardi istara.
Chet elda yuragi uni, kutardi provinsiya,
So'ng Moskva, Amerika, hattoki Gretsiya.
Bir tarafdan qo'rqib, hayotdagi prinsiplar,
Aldab ketishsachi agar, chet eldagi yigitlar?
O'ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq,
Chetda bo'lsam, derdi yanada tezroq.
Yurakka dalda berdi, vaqti ham kelgan edi,
U yerda yashash uchun besh yuz dollari bor edi.
Shpilka, tufli, kofta, mini yubochka,
Ozgina kosmetika, kichkina sumochka.
Onasi duo qildi, ostona hatlab o'tdi,
Samolyot tezlik bilan manziliga kelib qo'ndi.
Fashion, moda, byuro, qolmadi agentlik,
Topilmadi hech bir joy, topilgani – besh tiyinlik.
Oradan bir oy o'tdi, ko'rinmadi ish tagi,
Uni qutqarib qoldi haloskor Volkswagendagi.
Osmondagi va’dalar, yoqimli xushomad,
Gullar, pul, restoran, so'ng xaqorat.
Xiyonat qildi, xo'sh, bu katta shahar,
Odamning xatolari balkim yaxshi hayotga boshlar?!
Keyin ikkinchi, so'ngra uchinchi bir amaki boy,
Uni sevib qoldi!
Rejalar bisyor edi, Rio de Janeyro, Rim,
Ajoyib roman edi, xuddi “happy end”li film.
Mashina, dacha, to'yni rejalashtirdi,
Bilsa, firibgar ekan, qamalib ketdi…
Yana bir bankir – undan keyingi manzil,
Ishda kirim faqat, hamma gaplari hazil.
Tug'ilgan kunim dedi, yolg'iz qoldirma meni,
Do'stlarim ham bor dedi, Feride rozi bo'ldi.
Tug'ilgan kun, chetda bir dacha,
Yo'li ham shahardan anchagina uzoqda joylashgan ekan.
Bayramni nishonlashdi, bankir yo'q,
Feride uni izlab, do'stlaridan eshitdi quyidagicha gap:
“U seni qimorda yutqazib qo'ydi,
Asaloy, ranjima, shunaqasi ham bo'ladi”.
Ko'pligidan chalkashib ketdi,
Xato, barbod, ordan judo, sado, nido, eshitmadi Xudo.
Shpilka singan, yirtilib ketgan yubochka,
Bo'yalgan kosmetika, pulga to'lgan sumochka.
Feride darrov qochib, pullarni ilib,
Shahar tomon yo'lda ketayotib birdan o'ylanib:
“Pul uchun qimmat tasqara, mayli”, deya o'zidan rozi.
Qolmadi ko'zida olmosi – nozi, qolgandi ozi,
Pul uchun sabr edi, sabr uchun pul edi – hayotimiz qonuni.
Bilinmay bir yil o'tdi, uyiga olindi bilet,
Jonga tekkan bu hayot, ortida qolardi chet.
Yillar to'plangan ko'z yoshlar to'kilib ketdiku,
Nahot orzu qilingan hayot aynan shu?
Oh, bu farishta Feride esiz,
Orzulari cheksiz bo'lgan qishloqdan go'zal bu qiz.
O'ylandi, kutdi, rejalar tuzdi uzoq,
Chetda bo'lsam, derdi sodda qiz, tezroq.