Hey you, pariro'y, ovozingiz yoqimtoy,
Yuzingizga mahliyoman, oshiq bo'ldim hoynahoy.
Aytaqoling ismingiz, telefon raqamingiz,
Sir bo'lmasa, bera qoling menga manzil-joyingiz.
Faqat bo'la qoling tez, maning vaqtim g'animat,
Agar-agar sizniki bo'lsachi keyingi bekat?
Qorong'u kechalari tushlarimda ko'raman faqat,
Sizni uchratolmasman, chunki taqdir beshafqat.
To'g'ri so'z ham og'ir botar, achchiq bo'lsa haqiqat,
Ismingiz aytmasangiz bormi – men uchun bu musibat.
Tuyg'ularim izhor etaman, qolmadi sabr-toqat, yeah,
Sabr-toqat yeah, sabr-toqat yeah.
Peshonamga yozilganimsiz, mani yorim,
Gullab-yashnagan bahorimsiz, mani yorim.
Umr bo'yi izlaganimsiz, maning yorimsiz,
Maning yorimsiz, maning yorim.
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
“O'ralmaydi” notanish. (x2)
Hayron bo'lasiz, nega ikkilanasiz,
Axir ko'p yillar osha kutgansiz mani hamisha.
Jonim, ha man o'sha, mana sizga tomosha,
Yurakda his-hayajon, talpinaman siz tomon.
Mana man, mana siz, juda yaqin oramiz,
Tushdamas o'ngingizda turaman yoningizda.
Bilaman sezasiz – menga juda yoqasiz,
Yurakdan his etaman, men ham sizga yoqaman.
Namuncha sirli boqasiz, qarab-qarab yoqasiz,
Go'zallar ichra tanho, yonasiz misli zuhro.
Sizsiz men – men emas, hayotim hayot emas,
Dunyoning go'zalliklari sizsiz ko'zga ko'rinmas.
Peshonamga yozilganimsiz, mani yorim,
Gullab-yashnagan bahorimsiz, mani yorim.
Umr bo'yi izlaganimsiz, maning yorimsiz,
Maning yorimsiz, maning yorim.
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
U tanimaydi notanish. (x2)
Maning yorimsiz, maning yorim…
Sabr-toqat yeah, sabr-toqat yeah…
Maning yorimsiz, maning yorim…
Notanish qiz, notanish,
Qaysi manzil joydasiz?
Qaramaydi notanish,
“O'ralmaydi” notanish. (x4)