Oshiq bo'lsa har kishi,
Devona bo'ldim deydi.
Adashib yo o'ngu-tushi,
Ravona bo'ldim deydi.
Oshiq yo'q mendan o'zga-yey,
Yagona bo'ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so'zga-yey
Begona bo'ldim deydi.
Sayrar goh misli to'ti,
Bulbulday goh chog'lanar.
Yondirib bu sevgi o'ti,
Parvona bo'ldim deydi.
Shohman demas yo g'arib,
Yurak bag'ri dog'lanar.
O'zi-o'zini axtarib,
Hayrona bo'ldim deydi.
Oshiq bo'lsa har kishi,
Devona bo'ldim deydi.
Adashib yo o'ngu-tushi,
Ravona bo'ldim deydi.
Oshiq yo'q mendan o'zga-yey,
Yagona bo'ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so'zga-yey
Begona bo'ldim deydi.
Goh ishonib, goh tonib,
Yashirolmay rashkini.
Kuyib-kuyib, oh yonib,
Bir yona bo'ldim deydi.
Bobur kabi giriftor,
To'xtatolmay ashkini,
Yonib-yonib yig'lab zor,
Giryona bo'ldim deydi.
Oshiq bo'lsa har kishi,
Devona bo'ldim deydi.
Adashib yo o'ngu-tushi,
Ravona bo'ldim deydi.
Oshiq yo'q mendan o'zga-yey,
Yagona bo'ldim deydi.
Aqlu-xushu ham so'zga-yey
Begona bo'ldim deydi. (x1+x1)