[Sitora Farmonova]
Ey yor, ey yor,
Qarama gumonli nigohlar ila.
Sevgim aslida beg'ubor,
Nega ishonmaysan, yor?
Ey yor, ey yor,
Qarama nigohda savollar ila.
Yuragim bir faqat seni der,
Nega ishonmaysan, yor?
[Mirjamol va Sitora Farmonova]
Tez uradi yuragim, qolmadi madorim,
Oromimni o'g'irlab olib ketding.
Menga sen kerak, kel yonimda bo'l,
Meni yolg'iz qo'yma, yor.
Holsiz uradi yurak, yo'qoldi halovat,
Ozor beraverib meni qiynama.
Menga sen kerak, yonimda bo'l,
Meni yolg'iz qo'yma, yor.
[Mirjamol]
Ey yor,
Seni sog'inib firog'ingda yondim.
Ne qilay, jonim, qizg'onaman,
Nega tushunmaysan, yor?
Ey yor,
Kechalari o'ylanib uxlamayman.
O'zimdan butkul begonaman,
Sensiz ayt, kimman, yor?
[Mirjamol va Sitora Farmonova]
Tez uradi yuragim, qolmadi madorim,
Oromimni o'g'irlab olib ketding.
Menga sen kerak, kel yonimda bo'l,
Meni yolg'iz qo'yma, yor.
Holsiz uradi yurak, yo'qoldi halovat,
Ozor beraverib meni qiynama.
Menga sen kerak, yonimda bo'l,
Meni yolg'iz qo'yma, yor. (x1+x1)