Ko'kda varrak bor edi,
O'shanda bahor edi.
Bir qizcha menga qarab,
Kulib turgan yor edi.
Ko'kda varrak bor edi,
O'shanda bahor edi.
Yigitcha unga qarab,
Kulishimga zor edi.
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni judo qilmasin.
Qarab turib yuziga,
Binafshadek ko'ziga,
Yuragimni o'shanda
Aytolmadim o'ziga.
Qarolmasdan yuziga,
Boqolmasdan ko'ziga,
Yuragimni o'shanda
Aytolmadim o'ziga.
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni judo qilmasin.
Bahor edi o'sha payt,
O'sha damga, gulim, qayt.
Yoqishini o'sha qiz
Aytarmiding, dilim, ayt?
Bahor edi o'sha payt,
O'sha damga, dilim, qayt.
O'sha yigit yoqishin
Aytarmiding, gulim, ayt?
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni judo qilmasin.
Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O'sha qizni hali ham
Yaxshi ko'rsam kerak-da.
Hamon xayol varrakda,
Hamon bahor yurakda,
O'sha yigit hali ham
Menga yoqsa kerak-da.
Men senga bir gap aytaman – hech kim bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni ayro qilmasin.
Men senga bir gap aytaman – birov bilmasin,
Yoshlikda bergan ko'ngilni judo qilmasin.
Yoshlikda bergan ko'ngilni xato qilmasin.