Bo'y taratib davralarda
Bo'ylamasang alam-ey,
Kuy taratib sho'x qo'shiqlar
Kuylamasam alam-ey. (x2)
Kuygan dillarni yondirib
Qiynamasang alam-ey,
Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O'ynamasang o'ynatadi
Xorazmning lazgisi.
Mayda-mayda qadam bosib,
Barmog'ing shaqillatib,
Yondirasan yuraklarni,
Eshigin taqillatib. (x2)
Alam qilar ishonganing
Ketganda laqillatib,
Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Ey, Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O'ynamasang o'ynatadi
Xorazmning lazgisi.
Lazgi jonga jon beradi
Sho'x tarona naqshida,
Yuragingda o'tlar yonib,
O'ynab qolsang yaxshi-da. (x2)
Dardi borga go'zal sozim,
Xush ovozim baxshida.
Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Ey, Xorazmning lazgisiga
O'ynamasang alam-ey.
Yuraklarni yondiradi
Xorazmning lazgisi,
O'ynamasang o'ynatadi
Xorazmning lazgisi. (x1+x2)