Shaxsan o'zim qo'llaringni so'rab keldim, Qo'zigul,
Shaxsan o'zim yurak yutib kelaverdim, Qo'zigul.
Voy-voy qurg'ur, yo'q-yo'q dema, yo'q demagin, Qo'zigul,
Shaxsan o'zim qo'llaringni so'rab keldim, Qo'zigul.
Dabdurustdan kelaverdim, faqat tushunma yomon,
Uylanishga qaror qildi oshiq xofiz Shohzamon.
Dabdurustdan kelaverdim, faqat tushunma yomon,
Uylanishga qaror qildi jahongashta Shohzamon.
Sen sevasan, men sevaman, so'ra senga jon beraman,
Bir qarorga kel endi, men ertaga kelaman.
Shaxsan o'zim qo'llaringni so'rab keldim, Qo'zigul,
Shaxsan o'zim yurak yutib kelaverdim, Qo'zigul.
Voy-voy qurg'ur, yo'q-yo'q dema, yo'q demagin, Qo'zigul,
Shaxsan o'zim qo'llaringni so'rab keldim, Qo'zigul.
Yor bo'lmadi hech qanaqa malla sochu madamlar,
Hind qizidan qolib ketdi yuragimda alamlar. (x2)
Ammavachchang Kosagulga yurak yorib yengil tortdim,
Qo'zigul, Qo'zigul.
Sharoitdan kelib chiqib noz qilsinda,
Qo'zigulga aytib qo'ygin, Kosagul, Kosagul.
Shaxsan o'zim qo'llaringni so'rab keldim, Qo'zigul,
Shaxsan o'zim yurak yutib kelaverdim, Qo'zigul.
Voy-voy qurg'ur, yo'q-yo'q dema, yo'q demagin, Qo'zigul. (x2)