[Ortiq Otajonov]
Xorazmda Xiva bor, (Xiva bor, Xiva bor)
Ichan qal’asi rangdor. (Ichan qal’asi rangdor)
Xorazmda Xiva bor, (Xorazmda Xiva bor)
Ichan qal’asi rangdor. (Ichan qal’asi rangdor)
Shu qadimiy Xivada topib olding bir dildor.
(Topib olding bir dildor)
Eshigindan uch o'tding, (Uch o'tdim-o, uch o'tdim)
Erta, peshin, kech o'tding, (Erta, peshin, kech o'tdim)
Ishqi tushib yuragingga,
Bulbulday xonish etding. (Bulbulday xonish etdim)
Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kelmasdan
Topma yana bahona-ey!
Xiva yo'li gul bo'lar, (Gul bo'lar, gul bo'lar)
Sevgan shaydo dil bo'lar. (Sevgan shaydo dil bo'lar)
[Ali Otajonov]
Xiva yo'li gul bo'lar, (Gul bo'lar, gul bo'lar)
Sevgan shaydo dil bo'lar. (Sevgan shaydo dil bo'lar)
Ishqing bilan yuragim
Yona-yona kul bo'lar. (Yona-yona kul bo'lar)
[Ortiq Otajonov]
Hey, Islom Xo'ja minori, (Minori-yo, minori)
Osmon o'par zulflari. (Osmon o'par zulflari)
[Ali Otajonov]
Yuragima o't solgan,
Hay, qora ko'z, gal bari. (Hay, qora ko'z, gal bari)
Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a chiqmasdan
Topma yana bahona-ey!
[Ortiq Otajonov]
Sadoqat bo'lsin yorda, (Yorda, yorda)
Shamsu qamar nigorda.
[Ali Otajonov]
Sadoqat bo'lsin yorda, (Yorda, yorda)
Shamsu qamar nigorda.
Uchrashuva kelsangiz-ey,
Kutay “Kalta minorda”. (Kutay “Kalta minorda”)
[Ortiq Otajonov]
“Mahmud Pahlavon” mashhur, (U mashhur, u mashhur)
Yer yuzida yakkadur. (Yer yuzida yakkadur)
Shoir Zarifiy deyar:
Yoshlar, baxtli turmush qur! (Yoshlar, baxtli turmush qur)
Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kech qolib,
Topma yana bahona-ey!
Omon, omon, omon-ey, (Omon, omon, omon-ey)
Qanday baxtli zamon-ey! (Qanday baxtli zamon-ey) (x2)
Uchrashuv-a kech qolib,
Topma yana bahona-ey! (x2)