O'zbegim go'zallari,
Qoshlari-yey qalamlari. (x2)
Yagonadir, bir donadir,
Chiroy ichra durdonadir,
Uni ko'rgan yigitlar-ey
Bir umrga devonadir.
Voy, bittasin ko'rib,
Kuyib qoldim-a.
Boylama, boylama, boylama,
Alamni-yey bo'ynima boylama. (x2)
Joylama, joylama, joylama,
Fig'on o'tin qalbima joylama.
O'smalar qo'yishadi,
Atlasi-yey yarashadi. (x2)
Menga nega sirli boqib,
Nozlar bilan qarashadi?
U yon o'tib, bu yon o'tib,
Ismim goho so'rashadi.
Voy, bittasin ko'rib,
Kuyib qoldim-a.
Boylama, boylama, boylama,
Alamni-yey bo'ynima boylama. (x2)
Joylama, joylama, joylama,
Fig'on o'tin qalbima joylama.
Boylama, boylama, boylama,
Alamni-yey bo'ynima boylama. (x2)
Joylama, joylama, joylama,
Fig'on o'tin qalbima joylama.