Vafodoring bormi yo,
Suygan yoring bormi yo?
Yonimga kelish shuncha
Olismi yo, ormi yo? (x2)
Oh, yonar ko'zingdan,
Jonim olar ko'zingdan,
Bu g'avg'olar ko'zingdan-ey.
Aytib tonar so'zingdan,
Shakar tomar so'zingdan,
Izlab boray izingdan-ey.
Boraymi o'zim desam,
Deysanda yo'q-yo'q.
Yo o'zing kel desam,
Demaysanda xo'p-xo'p.
Ko'rmasam seni bugun,
Yuragim cho'g'-cho'g'.
Bo'lmasang yonimda sen,
Armonim ko'p-ko'p.
Yoniga hech yo'latmas
Yo bir og'iz so'z aytmas,
Bemehr rahm etmas, yor-yor.
Usiz tonglarim otmas,
O'ylamay kunim botmas,
Ohlarim unga yetmas, yor-yor.
Oh, yonar ko'zingdan,
Jonim olar ko'zingdan,
Bu g'avg'olar ko'zingdan-ey.
Aytib tonar so'zingdan,
Shakar tomar so'zingdan,
Izlab boray izingdan-ey.
Boraymi o'zim desam,
Deysanda yo'q-yo'q.
Yo o'zing kel desam,
Demaysanda xo'p-xo'p.
Ko'rmasam seni bugun,
Yuragim cho'g'-cho'g'.
Bo'lmasang yonimda sen,
Armonim ko'p-ko'p.
Oh, yonar ko'zingdan,
Jonim olar ko'zingdan,
Bu g'avg'olar ko'zingdan-ey.
Aytib tonar so'zingdan,
Shakar tomar so'zingdan,
Izlab boray izingdan-ey.
Boraymi o'zim desam,
Deysanda yo'q-yo'q.
Yo o'zing kel desam,
Demaysanda xo'p-xo'p.
Ko'rmasam seni bugun,
Yuragim cho'g'-cho'g'.
Bo'lmasang yonimda sen,
Armonim ko'p-ko'p.