Tol yog'ochdan qamchi qilar, ot qilar,
Dadasini yomon desang, dod qilar. (x2)
Sergaplikda kampirlarni mot qilar, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Yaxshi ko'rib o'ynagani qum bo'lar,
Ayasining yonida bir zum bo'lar. (x2)
Tug'ilibon dadasiga dum bo'lar, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Yaxshi ko'rar ammasiyu xolasi,
Deyishadi: jigarimning bolasi. (x2)
To'ylariga novvos boqar tog'asi, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Yarashadi yig'lasa ham, kulsa ham,
Goh erkalab, goh tumtayib tursa ham. (x2)
Uyat bo'lmas ishton kiymay yursa ham, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Dadasining armonlarin o'ldirar,
Ayasining sandiqlarin to'ldirar. (x2)
O'rtoqlarin nisholdaga to'ydirar, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Katta bo'lib o'zi topar nonini,
Vataniga fido qilar jonini. (x2)
Tiklar yana O'zbeklarning shonini, {x2}
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Taxoratsiz yurmas endi shu kundan,
Joynamozni olib bering tugundan. (x2)
Muhammadga ummat bo'ldi bugundan,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola. (x2)
Shirin bola (shakar bola),
Asal bola (shirin bola).
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Toychoq bo'lib chopib yurgan to'y bola.
Shirin bola, shakar bola, toy bola,
Muhammadga ummat bo'lgan-ey boy bola.