Usulni oling yurakdan,
Chalinglar tandira kasakdan. (x2)
Suvingiz oqsin dirsakdan,
O'ynanglar basma-basakdan. (x2)
O'mbaloq otib o'ynoli,
Lo'mbildoq otib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
Qarslarni qoqib o'ynoli,
Bir changak bo'lib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
Tanangda qon arib oqsin,
Manglaying darlara botsin,
Tanangda qon arib oqsin,
Peshonang darlara botsin.
Shaqir-shaqir qarsni ur,
Qo'llaring qovarjiq otsin.
Qars-qars, qarsni ur,
Qo'llaring qovarjiq otsin.
O'mbaloq otib o'ynoli,
Xangirdak otib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
O'mbaloq otib o'ynoli,
Lo'mbildoq otib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
O'ynanglar barilib qaqshatib,
Angilib, garilib, o'xshatib, (x2)
Bu so'zni qofiya qildi,
Shaydo sizlara baxsh atib. (x2)
O'mbaloq otib o'ynoli,
Lo'mbildoq otib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
Qarslarni qoqib o'ynoli,
Bir changak bo'lib o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Shataloq otib o'ynoli.
Xangirdak otib o'ynoli,
Basma-bas bir o'ynoli,
Osmona uchib, aylanib quchib,
Bir xazzatib o'ynoli.