[Nigora]
Qalbimning yolg'iz egasi
Bo'lolmading, azobga soldim.
Kerak emas, mehribonim,
Bilmadim qadring, ko'ngil armonim.
Istasang jazola meni,
Nafrat o'zimga, kechir beozorim.
[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)
[Nigora]
Sun’iy sevgim uchun jazo deb,
Balki aylandi tuyg'u chinga.
Yolg'izim, meni tark etma,
Baxtli qilay, taskin ber ko'ngilga.
Rad etma aslo,
Yolvoraman, olib ket birga.
[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)
[Nigora]
Bag'rim yig'lar, osmondan yog'ar ko'z yoshlarim,
Orzularingda qolay, cheksiz faryodlarim.
Sevging bergin qalbaki bo'lgan bu qalbimga,
Qaytgin sen ortingga.
[Mo’min Oripov]
Balki uchrasharmiz yuz
Yildan keyin osmonlarda,
Sen oppoq libosda,
Men esa bilmayman qay holda. (x2)