[Javohir Zokirov]
Albatta yoningda bo'larman kechgacha,
Sarguzashtlarga to'la tosh ko'cha.
Yoningga, aybdorman, vaqtida borolmadim,
Negadir ertalabdan yurishmadi omadim.
G'alati voqealar bo'ldi, ishonish qiyin,
Go'yoki men emas, mashina menga xo'jayin.
Qaygadir g'oyib bo'ldi qo'limdagi telefon,
Bilaman kechiksam, xato qilaman kattakon.
[Radius 21]
Chapga haydagin, o'ngga haydagin,
Ko'p gapirmagin, bo'ldi, jonga tegmagin. (x2)
Bitta kalla – kalla, ikkita kalla – mahalla,
“To'ylar muborak 2” o'ttiz yildan so'ng.
“Vachach”, barakalla.
[Javohir Zokirov]
Havotir olmagin Nigora,
“Отвечаю, скоро буду”.
Mani xayolimda sensan,
Bu taksi manikimas. (x2)
[Radius 21]
Kelinchak kuyovni qidirgani ketdi,
Bu yerdan o'tmagan edimi u?
Kimdir uni farzandi bor debdi,
“Kinder” syurpriz bolami u?
[Javohir Zokirov]
“It” kiyimlarim, ko'rinishlarim,
Jahl chiqsa vovullaydi kostyum-shimlarim.
“Четкий” ishlarim, ko'p tashvishlarim,
Saratonda yaltiraydi silliq boshlarim. (x2+x2)
[Radius 21]
Hey-yo, o'zbek yoshlari, “kayfuy forever”,
“Вы хотели пати – вот смотрите”:
Oktabrning boshida, kinoteatrning qoshida
Turmaganlar armonda, bayram bizlar tomonda.
Chiptalar kassada, bannerlar trassada,
Hammasi “норма”da, kino “четкий форма”da.
Odamlaru odamlar, eshitmadim demanglar,
“To'ylar muborak 2” kinosiga shoshilinglar.