Dunyo bir yon, o'zingiz bir yon dedim,
Yo'lingizda yuzlarim giryon dedim. (x2)
Har kun kelib-ketib yurgan og'amiz,
Kim biladi, kimlara armon dedim. (x2)
Na desangiz, yo'q demadim, jon dedim,
Jon ustina jonim, og'ajon, dedim. (x2)
Mehringizni biza ravo ko'rasiz,
Yo'lingizni ko'chamiza burasiz, (x2)
Na ketibdi, xabarlashib tursangiz,
Ko'rinmay qolsangiz dim yomon dedim. (x2)
Na desangiz, yo'q demadim, jon dedim,
Jon ustina jonim, og'ajon, dedim. (x2)
Surishtirib yurish-turishlarimni,
Ko'paytirmang, jonim, tashvishlarimni, (x2)
Rashk etsangiz, chimirib qoshlarimni,
Bo'lavermang buncha badgumon dedim. (x2)
Na desangiz, yo'q demadim, jon dedim,
Jon ustina jonim, og'ajon, dedim. (x2)
Sira sizni o'ylamagan bir dam yo'q,
Bilsangiz ham, bilmasangiz – ginam yo'q, (x2)
Ergash degan oshiqlardan ta’nam yo'q,
Baribir sizniki bo'laman dedim. (x2)
Na desangiz, yo'q demadim, jon dedim,
Jon ustina jonim, og'ajon, dedim. (x2)
Jon ustina jonim, og'ajon, dedim…