Qalbim yig'lar
Bu kun negadir tinmay,
Tinmay, tinmay, tinmay.
Sevgim izlar seni,
Xor-u zor u yig'lar, yig'lar.
Olislarda qoldi izhorlar,
Endi kelmaydi u kunlar,
Voz kechganmiz biz birga.
Xato izlab sendan, ayt,
Nelarga men erishdim?
Ayblama mening sevgim,
Izlama o'tgan kundagi baxtim.
Men yashayveraman
Hammasini ichimga yutib.
Ko'nikdim bariga,
Yolg'izlikka, hatto baxtsizlikka.
Sevgingsiz o'rgandim dardga,
Hattoki azoblarga.
Ishonib kutar edim
Tunu kun yolg'iz seni, seni,
Kelarmu deb zor-intizor
Yo'llaringni.
Kelmasang yuragim bemor-u xor,
Ko'zlarim yo'llaringga intizor.
Qachon kelasan?
Xato izlab sendan, ayt,
Nelarga men erishdim?
Ayblama mening sevgim,
Izlama o'tgan kundagi baxtim.
Men yashayveraman
Hammasini ichimga yutib.
Ko'nikdim bariga,
Yolg'izlikka, hatto baxtsizlikka.
Sevgingsiz o'rgandim dardga,
Hattoki azoblarga.
Ayblama mening sevgim,
Izlama o'tgan kundagi baxtim.
Men yashayveraman
Hammasini ichimga yutib.
Ko'nikdim bariga,
Baxtsizlikka, hatto yolg'izlikka.
Sevgingsiz o'rgandim dardga,
Hattoki azoblarga.
Ayblama mening sevgim,
Izlama o'tgan kundagi baxtim.
Men yashayveraman
Hammasini ichimga yutib.
Ko'nikdim bariga,
Yolg'izlikka, hatto baxtsizlikka.
Sevgingsiz o'rgandim dardga,
Hattoki azoblarga.