[Yodgor Mirzajonov]
Yo'llarimiz ayro,
Ko'z yoshim ko'l, daryo,
Firoqingda ado bo'ldim.
Ko'z yoshlarimga boq,
Qovoqlarim qirg'oq,
Kimlargadir saboq bo'ldim.
[Shohzamon]
Ey, yo'llarimiz ayro,
Ko'z yoshim ko'l, daryo,
Firoqingda ado bo'ldim.
Ey, ko'z yoshlarimga boq,
Qovoqlarim qirg'oq,
Kimlargadir saboq bo'ldim.
[Yodgor Mirzajonov]
Yomon dilim og'ridi,
Menda qasding bormidi? (x2)
[Shohzamon]
Mening gulday baxtimga
Boylar umidvormidi? (x2)
[Yodgor Mirzajonov va Shohzamon]
Yo'llarimiz ayro,
Ko'z yoshim ko'l, daryo,
Firoqingda ado bo'ldim.
Ey, ko'z yoshlarimga boq,
Qovoqlarim qirg'oq,
Kimlargadir saboq bo'ldim.
[Shohzamon]
Yomon-yomon, yor, dardim,
Sog'inchlar ezdi bag'rim. (x2)
[Yodgor Mirzajonov]
Azoblarni yengishga
Yetmayapti, kel, sabrim. (x2)
[Yodgor Mirzajonov va Shohzamon]
Yo'llarimiz ayro,
Ko'z yoshim ko'l, daryo,
Firoqingda ado bo'ldim.
Ey, ko'z yoshlarimga boq,
Qovoqlarim qirg'oq,
Kimlargadir saboq bo'ldim.