Navro'z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,
Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir. (x2)
Yashnar tabiat, dashtu adir lola ichida,
Yurtim – chamanim
O'zgacha, o'zgacha pardozlanajakdir. (x2)
Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to'yu tomosho.
Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir. (x2)
Navro'z kelibon jumlai jahon
Nozlana, nozlana, nozlanajakdir,
Oftob qizitib, asta-sekin
Yozlana, yozlana, yozlanajakdir. (x2)
Javlon uradi davra qurib bizning yigitlar,
Qizlar bezanib,
Nozlana, nozlana, mumtozlanajakdir. (x2)
Qaynar sumalak, qaynar sumalak,
Varrak uchar, to'yu tomosho.
Dillar quvonib, dillar quvonib,
Shodlana, shodlana, parvozlanajakdir. (x2)