[Dj Yamin]
Afsonaviy go'zal mohitabon,
Ta’rifi olamga doston.
Ishqida ming shahzodalar
Bo'ladi ovora, sarson.
[Shaxriyor]
Ko'cha, ko'cha-ko'yda go'zal,
Atrof g'uncha, buncha qizlar.
Lekin unchasi-bunchasi yoqmas,
Ko'ngil nega boshqaga to'ymas?
Sandan o'zim aylanay,
Ko'zlar qura-quralay.
Shaka-shakar aylanay,
Shina-shina shinanay.
[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)
Faina, Faina, Fai-na-na…
[Dj Yamin]
Uchar gilamda dunyo kezaman,
Ayt, qaysi mamlakatdasan?
Farangmi, Rum yo Hindiston,
Ayt, nega bunchalar qiynaysan?
[Shaxriyor]
U ajoyib gul,
Hidi esa meni mast qilar.
Esda qoldi ovo-ovozing,
Onajon, men sevdim o'sha qizni.
Ko'zi oydek, yuragi yolg'iz, tanho,
Qayerda bo'lsa ham uzoq.
Yayovman qadamu-qadam,
Dunyo izlab men boraman.
[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)
Dengiz kechaman, (dengiz kechaman)
Sahro kezaman (opashinanay)
Aqlimdan ozaman yorimni topmasam.
(Faina, Faina, Fai-na-na)
[Shaxriyor]
Kim edi, kim edi
Shu bolani ishqida aylab, bechora hayron etgan?
Kunni kun demay yuragi pora,
Hasrat, g'urbat chekkan-u chekkan.
Kimdir kuladi “ha-ha-ha”,
Rosa ta’ziringni yebsan-da.
Bunaqa payt o'zi hech nima yoqmas,
Sog'inch yurakka to'lganda.
Osmonda oy kulganda,
Tunda xayol surganda,
Shoir bo'lib, ishqqa to'lib,
Jo'shib she’rlar yozganda.
Shak-shakarim bo'l, shak-shakarim,
Shinanayda yorim, san asalim.
Sevgi shunaqa afsunli,
Faina, Faina, Fai-na-na.
[Dj Yamin]
Shina, shinanay, opashinanay,
Shina, shinanay, o faina, o faina. (x2)
O faina, o faina… opashinanay…