[Shohruhxon]
Heey, dam dema…
Hech kimga ma'lum emas holi-parishonim maning,
Osmonni tiyra qildi ohu-afg'onim maning.
[Shaxriyor]
Qalbim nima istar, bilolmadim man shu paytgacha,
Kechalari oy bilan diydorlashib vidolashaman
Keladigan tungacha.
Kunim o'tar. Unda na mazmun, na bir nihoya,
Na bir hulosayu hikoya.
Hayotim shu tarz o'taveradi aniq itoatida,
Mening esa ko'nglim hech bir zamon uchratmagan zoti pokimda.
[Shohruhxon]
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema,
(O'tkan kunni dam dema) dam dema.
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema,
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema.
Ko'zlarim ochiladi tong sahardan ertalab,
Yanada kaminadan ne talab, shu dam holatim darg'azab.
Yumdim ko'zimni, soxta ro'yodan kechdim,
Har nedin begona bo'ldim.
Bo'ldim quvg'in man bu dunyo ichinda,
Bir dona edim, ming dona bo'ldim.
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema,
(O'tkan kunni dam dema) dam dema.
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema,
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema.
Dam dema, dam dema, huo-u dam dema,
(Quvg'in bo'ldim, quvgin bo'ldim)
Dam dema, dam dema, huo-u dam dema,
(Bir dona edim ming dona bo'ldim)
Dam bu damdir, o'tgan damni dam dema,
(O'tkan kunni dam dema) dam dema.
Yorsiz o'tkazgan damni dam dema,
(Yorsiz kunni dam dema) dam dema. (x2)
[Shaxriyor]
Yorsiz kunni dam dema…