Erta bilan turdim, kayfiyatim zo'r,
Derazamdan sekin termulsam,
Bir qiz har kun o'tar yo kimnidir kutar,
Nima bo'lar yoniga borsam?
Erta bilan turdim, bekat tomon yurdim,
Dugonam kelishini kutsam,
Bir yigit har kun boqar, u menga juda yoqar,
Nima qilaman yonimga kelsa?
Qarasam, kundan-kun sog'inarman har zum,
Negadir uni ko'rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?
Salom muhabbat… Salom muhabbat…
U qizni so'ginib, bekat tomon chiqdim,
Men keldim, u nega kelmadi?
Yo kelishim sezdi, yoqtirishim bildi,
Bilib turib atay kelmadi.
Erta bilan tursam, bekat tomon yursam,
Men yoqtirgan yigit turardi.
U kimnidir kutar, qo'llarida gullar,
Afsus, nega meni ko'rmadi?
Qarasam, kundan-kun sog'inarman har zum,
Negadir uni ko'rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk?
Salom muhabbat… Salom muhabbat…
Boraymikan yaqinroq? (hayajondaman)
Sevishim aytsam tezroq. (uyalmoqdaman)
Bir umr qidirganim, (nahot o'zingsan?)
Har kuni so'ginganim… (tanho sensan)
Qarasam, kundan-kun sog'inarman har zum,
Negadir uni ko'rsam, yurak urar duk-duk-duk.
Tunlar uzundan-uzun, hayajonda har kun
Yoki bu sevgimikan, kirib kelgan tuk-tuk-tuk? (x2)
Salom muhabbat… Salom muhabbat… Salom muhabbat…