(Oh, uyqumda xalak yo'q, yo'lga qarayman,
 Kelarmu bolam deb kunlar sanayman.
 Yulduzlar misoli sochim oqardi,
 Kelarmu bolam deb qalbim avrayman.
Jon bolam, onangni intizor qilma,
 Yuragim porala, roziman, o'lma.
 To'shakka mixlanib yotgan onangni
 Yo'lingda intizor, xasta onangni
 Beshafqat dunyoda sen yolg'iz qo'yma.
Jon bolam, onangni intizor qilma,
 Bolajonim…)
Oy deb seni osmonlarga
 Otardim men, jon qo'zim,
 Tikan kirsa tovoningga,
 Yig'lar qaro juft ko'zim. (x2)
Shunda sendan ne kutardim,
 Nelar sendan ko'zladim,
 Ketar chog'ing safarlarga
 Men ortingdan bo'zladim. (x2)
Oy deb seni osmonlarga
 Otardim men, jon qo'zim,
 Tikan kirsa tovoningga,
 Yig'lar qaro juft ko'zim.
O'zim yolg'iz bir kulbada
 Suratingga boqaman,
 Noumid shayton deya,
 Ortidan tosh otarman.
Ba’zan zo'rman, ba’zan bolam,
 Bir ko'rishga men zorman.
 Jamolingni sog'inganda
 Ming tirilib, ming xorman. (x2)
Oy deb seni osmonlarga
 Otardim men, jon qo'zim,
 Tikan kirsa tovoningga,
 Yig'lar qaro juft ko'zim.
Quyosh har tong ko'kka chiqar,
 Mening xayolim senda.
 Quyosh botar, botmay tursin,
 Oh, ko'zlarim yo'lingda.
Xazondayin to'kildim,
 Somon bo'ldim, jon bolam.
 Intizorman yo'lingga,
 Qayt ortingga, qayt bolam. (x2)
Oy deb seni osmonlarga
 Otardim men, jon qo'zim,
 Tikan kirsa tovoningga,
 Yig'lar qaro juft ko'zim.