Yo'llaringga termulib, o'tar uzun yillarim,
Yuragimni ko'ndirib, ketaverar sirlarim.
Nahot his etmas yuraging dil to'la dardlarim,
Nahot qadrsiz bo'lsa aytilgan bu gaplarim?
Nahotki shu bo'lsa sevgi?
Nahotki shu bo'lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?
Nahotki shu bo'lsa sevgi?
Nahot bo'lolmaymiz qo'sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular,
Qolib ketsa bo'lib sarob?
Bilolmayman aslida nechun keldim dunyoga
Yoki sevging dastidan qo'ydimmi yo'l xatoga?
Endi men kimga aytayin alamli bu dardlarim?
O'zimni yolg'iz, javobsiz sevgimni aybladim.
Nahotki shu bo'lsa sevgi?
Nahotki shu bo'lsa hayot?
Sen uchun yaralgan sevgim
Ololmasa sendan javob?
Nahotki shu bo'lsa sevgi?
Nahot bo'lolmaymiz qo'sh qanot?
Ushalmas hech bir orzular,
Qolib ketsa bo'lib sarob?