Holimni bilmas, bilsa ham kuymas,
Beparvoni sevib qolibmanda.
Hijron azobi mendayin kuymas,
Bag'ritoshni sevib qolibmanda.
Mani habibim, mani tabibim,
O'zing mani dardimga davo ber.
Tanho tabibim, tanho habibim,
Yolvoraman dardimga davo ber.
Aldanib qoldimku men shahlo ko'zlarga,
Aldanib qoldimku men shirin so'zlarga,
Aldanib qoldimku oh, ko'ngli muzlarga,
Aldanib qoldimku men, aldandim.
Ishvasi yolg'on, jilvasi yolg'on,
Bemehrni sevib qolibmanda.
Bir yonda hijron, bir yonida armon,
Bag'ritoshni sevib qolibmanda.
Mani habibim, mani tabibim,
O'zing mani dardimga davo ber.
Tanho tabibim, tanho habibim,
Yolvoraman dardimga davo ber.
Aldanib qoldimku men shahlo ko'zlarga,
Aldanib qoldimku men shirin so'zlarga,
Aldanib qoldimku oh, ko'ngli muzlarga,
Aldanib qoldimku men, aldandim.
Yorga yetmasam nahotki, nahot?
Shirinidan ayrilgandayin Farhod.
Majnunning ko'yiga tushdimmi, hayhot?
Nahotki, nahot?
Mani habibim, mani tabibim,
O'zing mani dardimga davo ber.
Tanho tabibim, tanho habibim,
Yolvoraman dardimga davo ber.
Aldanib qoldimku men shahlo ko'zlarga,
Aldanib qoldimku men shirin so'zlarga,
Aldanib qoldimku oh, ko'ngli muzlarga,
Aldanib qoldimku men, aldandim.