Men tomonga kelar edi bir go'zal qiz,
Men ham borar edim u tomonga yolg'iz,
Ko'zimga qarab, telbalar aylab,
Jilmaydi-ku shafqatsiz.
U nigohning sehridan yuragim urmas,
Hayot to'xtab qolib, soatlar ham yurmas.
Bu go'zal qizcha buncha pokiza,
Mo'jiza!
Istasang bu falakdan
Oyni olib beray demayman,
Yulduzlardan bo'yningga
Marjon taqib qo'yay demayman.
Faqat, jonim, senga ayta olaman:
Seni baxtli qilaman!
Seni baxtli qilaman…
Onajonim eslatar nurli ko'zlari,
Menga nasib etarmu shirin so'zlari?
Ortidan qadam tashlasam shahdam,
Tinch qo'yarmu ham alam?
Qo'llarimdan ushlamay meni yetaklar,
Balki uning manzili baxtli ertaklar.
Bu go'zal qizcha buncha pokiza,
Mo'jiza!
Istasang bu falakdan
Oyni olib beray demayman,
Yulduzlardan bo'yningga
Marjon taqib qo'yay demayman.
Faqat, jonim, senga ayta olaman:
Seni baxtli qilaman! (x2)