Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun.
Tun oqshom bo'ldi-yu, kelmas mening sham'i shabistonim,
Bu anduh o'tidin har dam kuyar parvonadek jonim. {x2}
Ne g'am, ko'rguzsa ko'ksum porasin choki giribonim,
Ko'rinmas bo'lsa ko'ksum yorasidin dog'i pinhonim.
Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun.
G'amidin durri maknundek sirishkim oqti Jayhundek,
Muzayyan qildi gardundek jahonni ashki g'altonim.
Navoiy kibi hijrondin bu oqshom o'ldum afg'ondin, oh faryod-ay,
G'amim yo'q bo'yla yuz jondin, yetib gar kelsa jononim.
Oh yor-ay, nozanin-ay, bu jonim sandin aylansun. {x2}
Bu jonim sandin aylansun…
Falak ham to'ldi kavkabdin, quyosh ham tushti ashhabdin,
Kelib tushmasmu markabdin mening xurshidi raxshonim?
Jahonni zulmat etti chah, bu zulmat ichra o'lgum, vah,
Menga bo'lsang ne Xizri rah, yetib, ey, obi hayvonim.
Dema ko'ktin quyosh ketmish, falakka tiyralik yetmish,
Ul oy hajrida tor etmish falakni dudi afg'onim.
Quyosh qochib – yuzin uydi, shafaq o'tqa tushub – kuydi,
Falakka dog'lar qo'ydi g'amingdin so'zi pinhonim.