Es-hushim yo'qotdim seni izlab,
Vaslingni eslatar ma’yus xayollar.
Yuragimni qayg'ular, dardlar bosdi,
Bir zum seni eslab yana.
Oynadek sof, toza qalbim sindirib,
Oppoq orzularim baxtim o'ldirib,
To'xtab qolar hayotim, yurmas sira,
Bir zum seni eslab yana.
Endi seni ko'rsam tushlarimda,
Vaslingni chizsam xayolimda,
Lablaring uzra tomchilardan
Yomg'irlar yog'sa qo'llarimga.
Sen – kuz istagan, bahor talpingan,
Qish izlagan, yoz sog'ingan orzular.
Sen – yomg'ir bo'lib gullarni o'pgan,
Quyosh bo'lib sovuq qorlarni eritgan.
Yulduzlarni o'chirishga shoshilma,
Yorug', go'zal oyning xayolin olma.
U ham mendek aqldan ozib qolgan,
Bir zum seni eslab yana.
Endi seni ko'rsam tushlarimda,
Vaslingni chizsam xayolimda,
Lablaring uzra tomchilardan
Yomg'irlar yog'sa qo'llarimga.
Sen – kuz istagan, bahor talpingan,
Qish izlagan, yoz sog'ingan orzular.
Sen – yomg'ir bo'lib gullarni o'pgan,
Quyosh bo'lib sovuq qorlarni eritgan. (x2)