[Sardor Rahimxon]
Malikam, endi qara,
Eslatar seni qushlar.
Malikam, endi qara,
Qaytarmas seni tushlar.
[Asal Shodiyeva]
Kunlar soni yo'qday,
Jonim yonar cho'g'day,
Javob ber, ey dunyo,
Savol dilda o'qday.
[Sardor Rahimxon]
Qayga ketding, yorim,
Nurday beg'uborim?
Seni olib ketdi
Yosumanmi, zolim?
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Asal Shodiyeva] Eslatar seni qushlar.
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Asal Shodiyeva] Qaytarmas seni tushlar.
[Sardor Rahimxon]
Malikam, endi qara,
Izingda yonar cho'g'man.
Malikam, endi qara,
Qaytmasang, men ham yo'qman.
[Bojalar guruhi]
O'ngga qara, chapga qara,
Malikaxon, bitta qara.
Malikaxon, soching tara,
Bugun darsing to'rtta “para”.
Jamilani yomon deding,
Ko'rinishim somon deding,
Qizlarga sen “come on” deding,
O' Mali, bitta qara, e stop!
Men sizlarga endi hozir
She’r aytib beraman:
Mali-Mali sumkali,
Sumkasidan tortvolay.
Sumkasidagi atirdan
Chala-chulpa sepib olay.
“Sit down, Vali”… i, voy uzr,
Ashulanglarni buzib qo'ydim.
Mali, xohlaganingga qarayver,
Voy Malimish, Asalku bu…
[Asal Shodiyeva]
Ko'zingdagi osmon
Jonga edi darmon.
Yulduzlarga boqib,
Yashar edik pinhon.
[Sardor Rahimxon]
Osmon nurab go'yo,
Baxt ham bo'ldi ro'yo.
Yuragingga o'xshab
Vaqt ham qoldi to'xtab.
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Bojalar guruhi] Qara, qaray qol, qara, qaray qol.
[Asal Shodiyeva] Eslatar seni qushlar.
[Bojalar guruhi] “Конкретно”roq aytinglar,
Qanaqa qush, qarg'ami, musichami?
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Bojalar guruhi] Ja bo'lmasa, choy-poyiga qara.
[Asal Shodiyeva] Qaytarmas seni tushlar.
[Bojalar guruhi] Voy endi oshdingku Mali,
Iltimos, tsh-sh…
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Bojalar guruhi] Voy problemani qara.
[Sardor Rahimxon] Izingda yonar cho'g'man.
[Bojalar guruhi] Voy, bola o'choqda
Qolib ketdi-yu Mali…
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Bojalar guruhi] Mali, nomiga bo'lsa ham
Qarab qo'ya qol.
[Sardor Rahimxon] Qaytmasang, men ham yo'qman.
[Bojalar guruhi] Mali qara, bola “uje”
Sekin-sekin “потеря”ni beryapti.
[Sardor Rahimxon] Malikam, endi qara,
[Asal Shofiyeva] Bo'lmasang, men ham yo'qman.
[Bojalar guruhi] A endi oshding, Mali!
Hozir shu yerida she’r aytvoraman lekin hozir…
Mali, bir minutga qaragin shundoq, ishim bor.
Uzr-a Sardor… Yuring-yuring…