Qalbing talpinganda men tomon hamon
Kayfiyating yomon. (x4)
Sen ham meni eslab yig'laganmusan,
Yonimda bo'lib qolishni xohlaganmusan?
Bilib-bilmay ismim tilga olib har zamon,
Aytgin jonim, qalbing talpinganmi men tomon?
(Sevaman hali hamon… o-o-o… {x2})
Xayr, yoningdagi frayr
Ila endi birga bo'lasan,
Hayot ko'rasan, ona bo'lasan.
Xayr, ikkimizni ayirgan
Taqdirga tan berib qolaman,
Nima qila olaman?
Xayr, ko'chalarni sayr qildim
To'ying kuni tonggacha, g'alati kecha.
Ketma-ket ulanib ketdi may-sharob,
Sarob, qandaydir g'alatiroq oq-qora rangda
Ko'rinadi yorug' olam.
Ko'zlarimda nam, qiynaydi alam,
Mening jonginam, seni sog'inaman.
Xayr, xayolingdan ayr,
Endi meni qaytib izlama,
Holim so'rama, boshqa eslama.
Xayr, yuragimni mayib qilib ketding sen bu kecha,
Sen mendan kechib, birma-bir ochiladi sir.
Qiynaydi armon, hamon batamom
Seni sevaman, hammasi tamom.
Qalbing talpinganda men tomon hamon
Kayfiyating yomon. (x4)