Oshiq bo'lmangki, oshiqlik g'am keltirur,
Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur,
Alamni mo'l, farog'atni kam keltirur,
Oshiq bo'lmangki, oshiqlik g'am keltirur,
Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.
Oshiq ulki – dunyo bilan bo'lmas ishi,
Ohu izlar, tovuslarni ilmas xushi,
Uni Olloh tushungaydir, bilmas kishi,
Oshiq bo'lmangki, oshiqlik g'am keltirur,
Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.
Dardmand o'zi, dard ham o'zi devonadur,
Har joy borsa, mardum ichra so'zonadur,
Ajab yo'kki, shodlik uchun begonadur,
Oshiq bo'lmangki, oshiqlik g'am keltirur,
Boshga tashvish, diydaga ham nam keltirur.
Ey do'stlarim, Boburdan g'am hech ketmadi,
Hamma bildi, bir pariga lek yetmadi,
Dilni shod-u, ko'zni ravshan voh etmadi,