Gulimsan, yulduzimsan,
Mening tun-u kunduzimsan.
Jonim, qalbim egasi
Yolg'iz o'zingsan.
Kecha-kunduz azoblarsiz,
o'tar chunki yonimdasan.
Xayolimni, hayotimni
Baxtli etgan yagonamsan.
Yonayoturman, sevayoturman,
Sen uchun faqat yashayoturman.
Yonayoturman, sevayoturman,
Seni deb bedor bo'layoturman.
Yorim, gul misolim,
Qalbim nozik qo'llaringda.
Sevgim sensan,
Abadiy bo'lgin yonimda.
Kecha-kunduz men baxtliman,
Chunki endi yonimdasan.
To hayotman, to mavjudman
Yuragim egasi sensan.
Yonayoturman, sevayoturman,
Sen uchun faqat yashayoturman.
Yonayoturman, sevayoturman,
Seni deb bedor bo'layoturman.
Gulimsan, yulduzimsan,
Mening tun-u kunduzimsan.
Jonim, qalbim egasi
Yolg'iz o'zingsan.