Yayratadi bizni yana
Doiraning zarbasi,
Yuragida o'ti borlar
Chetda turmay o'ynasin.
Sozandalar, sho'x kuylarni
Chaling endi basma-bas,
Chorlamoqda bizni ana
Qadrdonlar davrasi.
Ey, shirin-shirin ohanglarni
Qayta-qayta kuylaylik,
Keling, bizga yarashadi,
Davrada o'ynaylik! (x2)
Yaxshi niyat qilganning
Ishi yaxshi bo'ladi,
Yoshligingda o'ynab ol,
O'ynaganing qoladi.
Doirangning qasqoni,
Ipi bormi osgani?
Yorim kelar qizg'onib,
Yo'llarimni to'sgani.
Ey, shirin-shirin ohanglarni
Qayta-qayta kuylaylik,
Keling, bizga yarashadi,
Davrada o'ynaylik! (x2+x4)