Menga ham o'rgating sog'inmaslikni,
Barin unutmoqni o'rgating menga.
O'rgating, goh o'ylab – og'rinmaslikni
Va bu ishqni qanday olmoqni yenga.
Menga ham o'rgating tashlab ketishni
Va ayta olmoqni achchiq so'zlarni.
O'rgating ayamay, yoshlab ketishni
Izingizdan qarab qolgan ko'zlarni.
Menga ham o'rgating, sadqasi bo'lay,
Ishqingiz o'rgatgan har bir saboqning.
O'rgating, anglating – men nima qilay?
Xumori – o'rtasi otash dudoqning.
Menga ham o'rgating suyunmaslikni,
Beparvo bo'lmoqni, agar suysalar.
O'rgating hech qachon kuyunmaslikni,
Ishqingizda yonib-yonib kuysalar!
Menga ham o'rgating lazzat olishni,
O'zgani sevdirib, o'zi sevmasdan.
O'rgating bir umr yodday qolishni
Va kelmay, ketmoqni bir so'z demasdan!
Menga ham o'rgating sog'inmaslikni… {x2}