Yo'l to'smagin zinhor,
Nima qizig'i bor kimda ko'nglim bor?
Uncha-muncha beraverma e’tibor,
Xullas kalom, bari baribir bekor.
Bekorga undan-bundan yana-yana so'rama,
Mahoratingni ishga solib, bo'ldi o'rama.
Niyating o'zi asli neligini bilaman,
Bezor qilma, bo'ldi, yolvoraman.
Balki o'zga inson bordir ko'nglimda,
Behuda sarflamagin vaqtlaringni yonimda.
Seni sevib qolish kelmaydi qo'limdan,
Qolmagin yo'lingdan, yo'lingdan.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Ko'zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)
Sayr qilib yurganimda toza havoda,
Telegram, Instagram yoki Imoda,
Ko'cha-ko'yda, “o'tta-bo'tta”, hamma joyda
Kuzatib yurishlaring bu – bekor.
Nechta qizni kuzatasan, ayt bir kunda?
Xayoling bitta mendamas, unda-bunda.
To'g'ri tushungin, yo'qdir boshqa choram,
Bo'lmagin ovora, bo'lmagin ovora.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Ko'zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)
Ilinar deb gaplaringga o'ylama,
Takror-takror qo'llarimni bo'ldi-bo'ldi so'rama.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Ko'zlaring endi och-och-och-och-och.
Yo'limdan bo'ldi qoch-qoch-qoch,
Soxta mehringga emas bu yuragim muhtoj. (x2)