(Odam Ato-yu Momo Havodan qolgan eski bitmagan qasr – muhabbat.
Har kim o'zi uchun to'qiydigan eski ertak, eski dard, eskirmaydigan dard – muhabbat.
Unutdim degandim… Unutdim degandim, endi bas, degandim. Lekin yodimga solaveradi qadrdon ko'chang, yog'och darvozang, tanish qayrag'och.
Tanish qayrag'och tagida yuragimni yoqib, yo'lingga boqib kutayapman. Kelarmikinsan-a?
Azoblaring dilim tilar, sen bilmading,
Kulay desam, ko'zim yig'lar, sen bilmading.
Eslamadi bir bor, dema go'zalginam,
Eslaganim Xudo bilar, sen bilmading.
Nima qilay, bir dali-yu devonaman,
Oyog'ing-la xor etganing – ostonaman.
Dilimda sen, lekin senga begonaman,
Yuragimda armon yig'lar, sen bilmading.
Eshit gulim, armonlarga to'ldi dilim,
Yig'la gulim, ayri tushdi endi yo'lim.
Esla gulim, olisdasan, yetmas qo'lim,
Fig'onimdan osmon yig'lar, sen bilmading,
Azoblaring dilim tilar, sen bilmading.)
Yor-yorning ovozi kelyapti,
Suyganim kimga yor bo'lyapti? (x2)
Umidim gullamay so'lyapti,
Tanish tor ko'chadan qaytyapman,
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Sen ketsang topganday tengingni,
Ne qilay bekasiz sevgimni? (x2)
Hayotga bir siltab yengimni,
O'tyapman, o'ttizdan o'tyapman,
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Mana, oq oralar sochimga,
Bir kuni kelarsan qoshimga. (x2)
Zor yig'lab turarsan boshimda,
Oxirgi so'zimni aytyapman:
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Kutyapman, kutyapman, kutyapman,
Men seni haliyam kutyapman. (x2)
Yor-yorning ovozi kelyapti,
Suyganim kimga yor bo'lyapti? {x3}