So'nggi bor to'yib olay vaslingga,
Ortiq kelmayman yoningga,
Qildim qaror, berdim so'z o'zimga,
Bilaman, tegib ketganman joningga,
Boraverib yoningga,
Qiynalib ketdim o'zim ham, ishon menga.
Oxir u baribir ketdi, ketdi,
O'z yorim izlab ketdim, ketdim.
Toparmikanman senday go'zal yor?
Faqat u bo'lsin menga vafodor.
Yoki u ham birday senday,
Yuragimni nimtalab xanjarday.
Jonim berar edim agarda,
Sevganida senday aldamay.
Unday aldama-aldama, {x3}
Aldama-aldama, aldama-aldama,
Hech qachon!
Unday aldama-aldama, (san unday) {x3}
Aldama-aldama, aldama-aldama,
Hech qachon!
Ketmoqdaman sekin tashlab qadam,
Ayirmoqdaman sani undan tanam.
Qarab-qarab qo'yarman ortimga,
Qarab qo'yarmi deb, o'ylab u ham.
Orzu-umidlarim bari ortda qoldi,
Yuragimda nimadir o'chib qoldi.
Sanga bo'lgan tuyg'ularimmi bu yo nima?
Boshim borib urilgani bo'ldi qirra.
To'xtab ortimga qaradim,
Uchqunim so'nib bo'libdi butkul.
O'sha yerlarda qolib ketdi baxtim,
Qolib ketdi g'ayratim.
Oy ham ko'rinmaydi shu tun,
Yo'llarimda yoritguvchi yo'q.
Kimdir sani sevsa, bir kun
Uni aldama menday hech qachon!
Unday aldama-aldama, {x3}
Aldama-aldama, aldama-aldama,
Hech qachon!
Unday aldama-aldama, (san unday) {x3}
Aldama-aldama, aldama-aldama,
Hech qachon!